Universitetimizga tashrif buyurgan AQSHning Binghemton universiteti (BINGHAMTON UNIVERSITY) delegatsiyasi uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining qator fakultetlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, fakultetlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida seminarlar tashkil etilib, fakultetlarning mavjud salohiyatlari namoyish etilmoqda.
Xususan, Kiberxavfsizlik va Dasturiy injiniringi fakultetida talabalarga yaratilgan imkoniyatlar hamda fakultet o‘quv laboratoriyalari yaqindan tanishtirildi.
AQSHning Binghemton universiteti Xalqaro ta’lim va global ishlar bo‘yicha prorektori, professor Madhusudhan Govindaraju hamda “Computer science” kafedrasi mudiri, professor Weiyi Menglar bilan tashkil etilgan seminarda Kiberxavfsizlik fakulteti dekani, PhD., Sherzod Gulomov tomonidan fakultetning mavjud salohiyati hamda erishilayotgan yutuqlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etildi. Shuningdek, Kriptologiya kafedrasi dotsenti Ulug‘bek Mardiyev, fakultet tayanch doktorantlari Suhrob Bozorov, Nuriddin Safoyev hamda Dasturiy injiniring fakulteti tayanch doktoranti Sukhrob Atoyevlar tomonidan fakultetlarda olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar, startap loyihalar, ilmiy maktabga ega olimlarimizning erishgan natijalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Professor Madhusudhan Govindaraju va Weiyi Meng ham taqdimotlari orqali Binghemton universitetida bakalavriat, magistratura, tayanch doktorantura bosqichlarida ta’lim olish talablari hamda imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar.
Taraflar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Seminardan so‘ng delegatsiya a’zolariga TATU media markazi hamda Inkubatsiya markazlariga tashrif buyurdilar.