ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti boshchiligida Respublikamizning 7 ta va Yevropa Ittifoqining 3 ta – Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid universitetlari hamkorligida ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining 7 - onlayn uchrashuvi 23 aprel 2025 yil sanasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv bir qator quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

  • loyiha bajarilishi bo‘yicha hisibot;
  • moliyaviy harajatlar va uning boshqaruvi;
  • yangi kurslarni ishlab chiqish;
  • yangi o‘quv rejani ishlab chiqish va mavjudlarini modernizatsiya qilish;
  • laboratoriya va markazlarni tashkil etish holati;
  • loyiha Sifat boshqaruvi to‘g‘risidagi hisobot;
  • loyiha targ‘iboti;
  • yangi yo‘nalishga jalb qilish bo‘yicha maktab va litsey bitiruvchilari kasbga yo‘naltirish;
  • loyiha doirasida ikkinchi konferensiyani tashkil etish;

 va boshqa turli masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi.

Onlayn uchrashuv dasturiga muvofiq loyiha doirasida shu paytgacha belgilangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha har bir universitet vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etib, amalga oshirilgan ishlar natijalari bilan yaqindan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv yakunida loyiha ishtirokchilari Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yuzma-yuz uchrashuvga tayyorgarlik masalasi, shuningdek bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar rejasini muhokama qildilar.