Erasmus+ dasturining DECIDE_Developing services for Individuals with Disabilities (Nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish) loyihasi doirasida Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish boʻyicha modullar va onlayn platforma ishga tushirildi

  • Asosiy
  • Erasmus+ dasturining DECIDE_Developing services for Individuals with Disabilities (Nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish) loyihasi doirasida Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish boʻyicha modullar va onlayn platforma ishga tushirildi

Imkoniyati cheklangan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini tubdan takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, shuningdek, 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan edi.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish, jumladan Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2019-2021-yillarga rejalashtirilgan Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining (DECIDE) Developing services for Individuals with Disabilities (Nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish) loyihasini Ruminiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Qozogʻiston va Tojikiston universitetlari bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda. Loyiha Yevropa universitetlari bilan nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish usullari va vositalari asosida Markaziy Osiyo muhandislik oliy taʼlimining foydalanuvchanligiga va uygʻunlashuviga erishish hamda nogiron shaxslar uchun axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish va ularni qoʻllash masalalarini oʻz ichiga oladi.

DECIDE loyihasi (http://www.decideproject.ie/) doirasida 8 ta modul ishlab chiqildi (http://www.decideproject.ie/modules/) va yaratilgan modullar universitet ishchi dasturlariga biriktiriladi. 

Hozirda loyihani yanada barqarorligini taʼminlash maqsadida https://decide-project.com/uz/ onlayn platformasi ham ishga tushirildi.