YEVROPADA ERASMUS+ DASTURI DOIRASIDA YANA BIR UCHRASHUV

  • Asosiy
  • YEVROPADA ERASMUS+ DASTURI DOIRASIDA YANA BIR UCHRASHUV

YEVROPADA ERASMUS+ DASTURI DOIRASIDA YANA BIR UCHRASHUV

Yurtimizda Yevropa mamlakatlari tajribalarini o‘rganish va taʼlim jarayonlariga qo‘llash bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ayni vaqtda ko‘plab xalqaro loyihalarning koordinatori va ijrochi tashkiloti sifatida salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Ulardan biri Yevropa ittifoqi Erasmus+ dasturining “MechaUZ: o‘zbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida moderinizatsiya qilish” (MechaUZ: Modernization of Mechatronics and Robotics for Bachelor degree in Uzbekistan through Innovative Ideas and Digital Technology) xalqaro loyihasi hisoblanadi.

Loyiha 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining mavjud “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat taʼlim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash holatini o‘rganish, zamonaviy talab va takliflar asosida yangi taʼlim yo‘nalishini ochish, mavjud taʼlim yo‘nalishlarini moderinizatsiya qilish, o‘quv laboratoriyalarni zamonaviy moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash, shuningdek ushbu yo‘nalishda o‘qituvchilarni malakasini oshirish nazarda tutilgan edi.

Yuqorida belgilangan vazifalarni bajarilishini nazorat qilish va o‘qituvchilar malakasini oshirish maqsadida 2022-yil 30-maydan 5-iyungacha bo‘lgan muddatda Litvaning Vilnius shahridagi “Vilnius Gedimino” texnika universitetida (Ma’lumot uchun ushbu universitet QS: butun jahon universitetlar reytingida 2022 yil bo‘yicha 751-800 o‘rinni egallagan) yuzma yuz uchrashuv tashkil etilishi rejalashtirilgan edi va bu uchrashuv kutilganidek joriy yilning 30-may oyida strat oldi. Ushbu uchrashuvda Yevropa davlatlarining 6 ta oliy taʼlim muassasasidan va O‘zbekiston Respublikasining 6 ta Oliy taʼlim muassasasidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligidan vakillar ishtirok etmoqda.

Loyiha doirasidagi hamkor taʼlim muassasalari:

−Xalqaro Xellenik universiteti, Gretsiya

−Janubiy-Sharqiy Yevropa tadqiqot markazi, Gretsiya

−Vilnyus Gediminas texnika universiteti, Litva

−Liepaya universiteti, Latviya

−Vidzeme amaliy fanlar universiteti, Latviya

−Viana-du-Kashtelu politexnika instituti, Portugaliya

−Аndijon mashinasozlik instituti, O‘zbekiston

−Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, O‘zbekiston

−Farg‘ona politexnika instituti, O‘zbekiston

−Toshkent axborot texnologiyalari universtiteti, O‘zbekiston

−Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, O‘zbekiston

−Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston

−Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, O‘zbekiston

Uchrashuvda O‘zbekistondan jami 35 nafar vakillar, jumladan Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan 5 nafar, Javlonbek Abdujalilov, Xalimjon Xujamatov, Doston Hasanov, Ibrohimbek Yusupov hamda Yernazar Reypnazarovlar ishtirok etmoqdalar.

Uchrashuv ko‘tarinki ruhda, universitet rektori prof. dr. Romualdas Kliukas tomonidan ochib berildi va u uchrashuv vakillari uchun o‘zining samimiy fikrlarini bildirgan holda uchrashuv faoliyati uchun muvoffaqqiyatlar tiladi.

Shuningdek universitetning Mexanika fakulteti dekani Justinas Gargasas so‘zga chiqib, barchaga tashriflari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda uchrashuvning yuqori saviyada o‘tishi uchun zarur shart sharoitlar yaratib berilishini bildirdi. Shundan so‘ng universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Aušra Pelÿdienÿ ishtirokchilarga “Vilnius Gedimino” universiteti haqida taqdimot qilidi, qolaversa universitet barcha bilan hamkorlikda faoliyat olib borishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Chiqishlar davomida Janubi-Sharqiy Yevropa tadqiqot markazi vakili Anastasios Ntabizas so‘z olib uchrashuvning bugungi kun tartibida “Yangi bakalavr dasturini ishlab chiqish” (ish paketi 2), “O‘zbekistonning o‘qituvchi va administrativ hodimlari, injinerlari uchun yangi malaka kurslarini ishlab chiqish va tashkil etish” (ish paket 3) kabi muhim vazifalarning muhokamasi hamda “Vilnius Gediminas” texnika universitetining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yorituvchi taqdimotlar o‘rin egallaganligini ma’lum qildi.