TATUda ACADEMICA (O'quv dasturlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish orqali Markaziy Osiyoda oliy ta'limni muvofiqlashtirish-561553-POP-1-2015-1-BG-EPPKA2-CBHE-JP) 2015 yil oktyabr oyidan o’z faoliyatini boshlagan, ERASMUS + dasturi doirasida Evropa komissiyasi tomonidan moliyalashtirilgan loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha Yevropa va Markaziy Osiyodagi 7 mamlakatning (Bolgariya, Avstriya, Italiya, Ispaniya, Qozog'iston, Turkmaniston va O'zbekiston) 15 tashkilotni, ta'lim muassasalari, vazirliklari, assosasiyalarini birlashtirgan. Loyihaning asosiy maqsadi Markaziy Osiyodagi universitetlarning muhandislik yo'nalishlari o'quv dasturlarini modernizatsiya qilishda AKTni rivojlantirish orqali modernizatsiya qilish va muhandislik ta'limini muvofiqlashtirish hisoblanadi.
Loyiha doirasida TATU o'qituvchilarining 10 nafari 4 oylik “Е-course ACADEMICA” kurslarida 2017 yil 1 fevraldan 15 maygacha onlayn rejimida malakasini oshirdi. Ushbu treningning maqsadi o'qituvchilarni an'anaviy akademik mashg'ulotlarni masofaviy yoki aralash kurslarga aylantirishda kerakli nou-xau va ko’nukmalar bilan ta’minlashdir. Kurs talabalarni bilimga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun o'quv materiallarini eng yangi texnologik vositalarni qullash orqali namoyish etishdan iborat.
Kurs yakunida o’qituvchilar darslarni rivojlantirish uchun WEB 2.0. texnologiyalari imkoniyatlaridan yoki tegishli standartlarga mos ravishda o’quv materiallarini yaratish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
2017 yil 29 noyabrda, TATU rektori T.Teshabayev “Е-course ACADEMICA” kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan professor-o'qituvchilarga sertifikatlarni topshirdi. Ushbu sertifikat o'qituvchilarga 36 akademik soatga teng 5 ECTS miqdorida qo'shimcha ball beradi.