![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
13-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida UNESCO-ICHEI bilan hamkorlikda AI+Cross-Border E-Commerce Micro-Certification Pilot Project dasturining rasmiy ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda UNESCO-ICHEI nomidan Adminstrativ ishlar boshqarmasi rahbari va Markaziy Osiyo bo‘yicha mas’ul xodimi Xu Mingshun hamda AI+transchegaraviy elektron tijorat loyihasi menejeri Yang Ling ishtirok etdi. TATU tomonidan universitet rahbariyati, fakultet va kafedra professor-o‘qituvchilari hamda loyiha mas’ullari qatnashdilar.
Tadbir davomida:
🔺 AI va transchegaraviy elektron tijorat yo‘nalishidagi mikrosertifikatlash dasturining maqsad va vazifalari taqdim etildi;
🔺 E-Commerce Cross-Border dasturini TATUda amalga oshirish rejasi haqida ma’lumot berildi;
🔺 dasturining rasmiy ishga tushirilish marosimi o‘tkazildi;
🔺 dastur bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli ishtirokchiga tantanali ravishda sertifikat topshirildi;
Mazkur loyiha sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va transchegaraviy elektron tijorat sohalarida zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirish, talabalar va mutaxassislarning xalqaro raqamli iqtisodiyot sharoitida raqobatbardosh ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.



