Dunyoda necha kishi oʻzbek tilida soʻzlashadi yoxud yoʻqolib ketish xavfi arafasida turgan jahon tillari...

  • Asosiy
  • Dunyoda necha kishi oʻzbek tilida soʻzlashadi yoxud yoʻqolib ketish xavfi arafasida turgan jahon tillari...

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, siyosiy fanlar doktori Baxtiyor Omonov hamda TATU litseyi ingliz tili fani oʻqituvchisi Zarina Axtamovalar tomonidan “Dunyoda necha kishi oʻzbek tilida soʻzlashadi yoxud yoʻqolib ketish xavfi arafasida turgan jahon tillari...” mavzusida tahliliy maqolasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining uza.uz saytida nashr etildi.

Maqola yoʻqolib ketish xavfi arafasida turgan jahon tillari, oʻzbek tilida 50 million kishi soʻzlashishi, oʻzbekiston ulkan til resursiga ega ekanligi, internetda oʻzbekcha kontentni keskin koʻpaytirish (Vikipediya, Google), oʻzbek tilidagi veb-saytlar, e-kutubxonalar sonini koʻpaytirish, sifatini oshirish, milliy kino va teatr, adabiyot va sanʼat sohasida yangi ruhdagi asarlarni koʻpaytirish, koʻchalarimiz peshtaxtalaridagi yozuvlarni tanqidiy koʻrib chiqish qabi dolzarb masalalarni oʻz ichiga olgan.

Taʼkidlash joizki, tilning tozaligi saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Lingvist olimlarning fikricha, yana 20 yildan soʻng hozir muomalada boʻlgan tillarning oʻntasidan bittasi saqlanib qoladi. Modomiki shunday ekan, oʻzbek tilining xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qoʻshishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishimiz lozim.

Maqolani batafsil oʻqish: http://uza.uz/oz/society/dunyeda-necha-kishi-zbek-tilida-s-zlashadi-yekhud-y-olib-ket-14-10-2020