Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) rektori Dr. Guido Saracco boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) rektori Dr. Guido Saracco boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) rektori Dr. Guido Saracco boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov va Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) rektori Dr. Guido Saracco, universitetlar o‘rtasida texnologik markazlarini tashkil etish, texnologiyalar transferi va ochiq innovatsiyalar bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlikni o‘rnatish masalalari muhokama etildi, hamda delegatsiya a’zolariga universitetning salohiyati namoyish etildi.

Shuningdek, joriy yilning 23-may kuni universitetlar o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlarni boshlashga kelishib olindi.