Muhammad al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi bajarilishini, 2021-yil yakuniga qaratilgan mehnat jamoasi konferensiyasi hamda kasaba uyushma a’zolarini ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilishga mo‘ljallangan dolzarb muammolar yuzasidan “Ochiq muloqot” bo‘lib o‘tdi.
Ushbu konferensiyada zoom online platformasi orqali filialga biritktirilgan akademik litsey va texnikumlar ham ishtirok etishdi.
Ochiq muloqotda TATU kasaba uyushmasi raisi S.Jumayev Yuristkonsult T.Tojibayevlar tomonidan savollarga javoblar berildi.
Tadbir so‘ngida filialimizning 2 nafar professor ustozlarnig 60 yoshga to‘lganligi munosabati bilan jamoa nomidan sovg‘a va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.