
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2025-yil 9-iyul kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi 358-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi yirik tadbir o‘tkazdi.
✅Davlat rahbari tashabbusi bilan boshlangan ushbu loyiha - yoshlar orasida innovatsion tafakkurni shakllantirish, zamonaviy texnologiyalarga qiziqishni uyg‘otish, yoshlarni kelajak kasblariga yo‘naltirish va yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida:
STEM, Informatika va axborot texnologiyalar hamda ingliz tili o‘qituvchilariga Coursera xalqaro platformasida bepul malaka oshirish uchun sertifikatlar topshirildi;
TATU Media markazida stajirovka o‘tagan texnikum o‘qituvchilari taqdirlandi;
Respublika televidenie va radio texnikumiga zamonaviy adabiyotlar hadya qilindi;
Bektemir va Mirobod tumanlari o‘quvchi yoshlarini qamrab oluvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi “Junior Tech Hackathon” musobaqasiga rasmiy start berildi;
Shuningdek, TATU rektori va hokimlik vakillari 358-maktabda universitetning professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan “Kelajakni raqamli ta’lim bilan quramiz” shiori ostidagi AyTi kurslar faoliyati bilan tanishdilar.
Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan 2025-yil 20-mart kuni ochilgan ushbu maktab bugun chin ma’noda raqamli ta’lim markaziga aylangan. Maktabda tashkil etilgan kurslarda tumanning barcha maktablaridan 350 dan ziyod o‘quvchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qamrab olingan:
⏺ Kompyuter arxitekturasi;
⏺ Robototexnika va mexatronika;
⏺ Elektronika – kelajak kasbim;
⏺ Happy English Club.
⭐️“Dolzarb 90 kun” loyihasi – yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va ularning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lidagi amaliy islohotlarning yorqin ifodasidir. Bu jarayonda TATU yetakchi oliygoh sifatida faol ishtirok etmoqda.