
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 2026-yil uchun (https://t.me/ilmiy_darajali_kadrlar/1639) tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajor-tadqiqotchilik uchun mavjud ixtisosliklar bo’yicha hujjat qabulini e’lon qiladi!
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Ariza-TATU rektori nomiga;
2. Ilmiy rahbar rozilik xati (ariza bilan yuklanadi);
3. Biografik maʼlumot (obʼektivka);
4. Bakalavr va magistratura diplomi yoki oliy maʼlumot (1997-yilgacha) diplomi nusxasi;
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar asoslari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
6. Pasport nusxasi;
7. Davlat stipendiyasi hujjati nusxasi (mavjud boʻlsa);
8. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat “B2” daraja. Stajor-tadqiqotchilikga talab etilmaydi.
Barcha hujjatlar Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (DARAJA.ILMIY.UZ) (https://daraja.ilmiy.uz/login)orqali, pdf shaklida tayyorlab 5-oktabrdan 5-noyabrgacha yuboriladi.
✈️TATU Ilmiy bo'lim (https://t.me/tuit_doktorantura_official)