Diqqat e'lon

Diqqat! E'lon!

❗️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish” bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 8-bandida “Oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishida ariza beruvchi tomonidan har oyning 7-sanasiga qadar arizalar mas’ullarga taqdim etilganidan so‘ng amalga oshirilishi hamda ushbu muddatlar tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmasligi” belgilab qo‘yilgan.

Shunga ko‘ra, yuqoridagi qarorga muvofiq sentyabr-oktyabr oylarining 7-sanasiga qadar ariza bilan murojaat qilgan Universitetimizning 1-bosqich talabalariga ijara shartnomasini talab etmasdan hamda 2-, 3- va 4-bosqich talabalariga ijara shartnomasi asosida oylik ijara to‘lovining bir qismi Nizom talablari asosida to‘liq to‘lab berildi.

Shu o‘rinda, ijara to‘lovlari bo‘yicha savollar yuzasidan Universitetning С-bino 155-xona (buxgalteriya, +99871-238-64-86) va 240-xonalarga (talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi, +99895-118-22-20) hamda fakultet dekanlari va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlariga soat 9:00dan 18:00 gacha murojaat qilishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

 

📌Eslatma: talabalarning ijara shartnomalari uchun to‘lovlariga ajratilgan mablag‘lar Davlat budjeti tomonidan maqsadli moliyalashtiriladi (ya’ni boshqa xarajatlar uchun sarflashni imkoni yo‘q) hamda universitetning boshqa xarajatlari uchun sarflanishi Qonunchilik tomonidan taqiqlanadi.