7 may kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorlikda talaba-yoshlari o‘rtasida diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi J.N.Jo‘rayev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi yetakchi mutaxassisi X.X.Eshov qatnashib mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Tadbir davomida diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan insonlar qismati to‘g‘risidagi “Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli film namoyish etildi.
Uchrashuv-suhbat so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va bu kabi uchrashuv va tadbirlarni talaba-yoshlar o‘rtasida tez-tez o‘tkazib turish yuzasidan kelishib olindi.