TATUda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida keng qamrovli dezinfeksiya ishlari o'tkazilmoqda

  • Asosiy
  • TATUda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida keng qamrovli dezinfeksiya ishlari o'tkazilmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 12 oktyabrdan1-kursga talabalikka tavsiya etilganlar uchun tanishuv darslari boshlanganini ma’lum qilgan edik.
Anʼanaviy taʼlim shaklida boshlanayotgan ushbu dars jarayonlari karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda tashkil etilmoqda.
Xususan, universitetda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida har kuni shaxsiy tarkib hamda qator maxsus texnika jalb etilgan holda oliygoh bo‘ylab keng qamrovli dezinfeksiya ishlari o‘tkazilib kelinmoqda.


Shu bilan bir qatorda, universitet xodimlari talabalarning karantin qoidalariga rioya etishlariga alohida e’tibor bermoqda.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

TATU matbuot xizmati