Qozog'iston, Tojikiston va O'zbekistonning 14ta universitet va muassasalari hamda Ruminiya, Irlandiya, Angliya, Germaniya va Gretsiyaning 4 ta universitetlarida nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish DECIDE loyihasini amalga oshirish boshlandi.
O'zbekistondan loyihada Muhammadal-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamda “Mushtoq ko’zlar” nogiron bolalarning qo’llab-quvvatlash jamiyati qatnashmoqda.
Loyihaning tashabbuskori va muvofiqlashtiruvchisi Ruminiyaning Brasov shahridagi Transilvaniya universiteti hisoblanadi. Universitet loyihani boshqarish, moliyaviy va umumiy boshqaruv uchun professional infratuzilmaga ega yaxshi tashkil etilgan bo'linmalarga ega.
Loyihaning asosiy maqsadi - Boloniya jarayoni va BMT konventsiyasiga muvofiq maxsus ehtiyojga ega bo'lgan shaxslarning ta'lim olish imkoniyatlarini va jamiyatning kundalik hayotida ishtirok etish huquqlarini, tushunish va qabul qilishni rivojlantirish orqali maxsus ehtiyojlarga ega bo'lgan shaxslarni kamsitishlarga qarshi kurashishga qaratilgan.