
Belgilangan o‘quv rejasiga muvofiq, joriy yilning 16-iyun sanasidan boshlab Dasturiy injiniring fakulteti 3-bosqich talabalari uchun ishlab chiqarish amaliyoti boshlandi.
👨💻Amaliyot jarayonida talabalar “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, “UZINFOCOM” markazi, “O‘zbektelekom” AK va uning hududiy filiallari, tijorat banklari hamda IT Park rezident kompaniyalari kabi turli tashkilotlarga taqsimlandi.
🗒 Ma’lumki, malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, mazkur ishlab chiqarish amaliyoti talabalarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
📌 Eslatib o‘tamiz, amaliyot 2025-yil 26-iyul sanasida yakunlanadi. Talabalarimizga ushbu jarayonda samarali ishtirok etib, kelgusi faoliyatlarida yuksak natijalarga erishishlarini tilab qolamiz!
\