O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O'zbekiston robototexnika federatsiyasining 6 nafar a’zosi hozir Janubiy Koreyada "Daegu Global Robot Business Forum"da qatnashishmoqda. "Daegu Global Robot Business Forum - 2019" Daegyeong Robot Enterprise Promotion Association (REPA) tomonidan global tarmoqlar, intelektuallashgan tizimlar va sun'iy intellekt yaratish va xavfsizligini ta’minlash loyihalari doirasida tashkil etilgan.
Bu muntazam ravishda o'tkaziladigan xalqaro tadbiri bo’lib, forum robot sanoatining global muammoga aylanib borayotgan robotlar, sun'iy intellekt va AKT sohalaridagi boshqa innovation ishlanmalarni oʼz ichiga oladi.
Ushbu forumga rabototexnika boʼyicha butun dunyo mutaxassislari jalb qilingan. Ulardan 2 nafari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining "TUIT ROBOTICS" a'zolaridir. O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligidan Fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish boshqarmasi boshlig‘i Olimjon To‘ychiyev O’zbekiston delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.
TATU matbuot xizmati