Cyber4CA loyihasi doirasida tashkil etilgan Workshop o‘z ishini boshladi

  • Asosiy
  • Cyber4CA loyihasi doirasida tashkil etilgan Workshop o‘z ishini boshladi






Joriy yilning 31 mart kuni Qozog‘istonning Almaty shahridagi International Information Technology University (IITU)da Erasmus+ dasturi doirasidagi Cyber4CA – “Development of Innovative Graduate Educational Program in Cybersecurity for the Digital Labour Market of Central Asia” loyihasi doirasida tashkil etilgan uch kunlik workshop o‘z ishini boshladi. Tadbirga Yevropa va Markaziy Osiyo hamkor universitetlari, tegishli vazirliklar vakillari va sanoat ekspertlari jalb etildi. Workshopning birinchi kunida EU va PC mamlakatlaridagi kiberxavfsizlik o‘quv dasturlari, CyberLab modellar, o‘qitish metodlari va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha keng qamrovli muhokamalar o‘tkazildi.

EU hamkorlari, Universidad Politecnica De Madrid (UPM), University of Antwerp (UAntwerp), Scuola Superiore Sant’Anna (SSSA) va University Politehnica of Bucharest (UNSTPB) tomonidan taqdim etilgan Kiberxavfsizlik ta’lim yo‘nalishi va Laboratoriya bo‘yicha Yevropa Ittifoqining ilg‘or tajribalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekistondan ishtirok etgan Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti (TATU), O‘zbekiston Milliy universiteti (NUU), University of Management and Future Technologies (UMFT), UNICON.UZ va boshqa hamkorlar o‘z amaliy tajribalari hamda milliy ehtiyojlarini taqdim etdilar. Birinchi kun yakunida uchta asosiy ishchi guruh tashkil etildi:

  1. O‘quv dasturlari mazmuni
  2. Kiberlaboratoriyalar va amaliy mashg‘ulotlar
  3. Qoidalarni muvofiqlashtirish va institutsional qo‘llab-quvvatlash.

Ushbu guruhlar navbatdagi kun davomida har bir guruh EU va PC kurs‑ro‘yxatlarini solishtirib, yangi kurslar va modullarni aniqlash, EU tajribasini mintaqa sharoitiga moslashtirish, yangi magistratura modullari va CyberLab infratuzilmasi bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish CyberLab va amaliy mashg‘ulotlar uchun texnik‑tashkiliy tavsiyalar ishlab chiqish, texnik tashrif va sanoat ekskursiyalarni amalga oshirish, shuningdek loyiha boshqaruvi, sifat nazorati, WP3 (o‘quv dasturlarini ishlab chiqish) va WP4 (CyberLab) uchun yakuniy tavsiyalarni rasmiylashtirish rejalashtirilgan.

Ushbu workshop doirasida ishlab chiqiladigan tavsiyalar mintaqaviy magistratura o‘quv dasturlari va CyberLab infratuzilmasini shakllantirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida kiberxavfsizlik ta’limini zamonaviylashtirishga xizmat qiladi.