Joriy yilning 30-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakultetida kiberxavfsizlik sohasida faoliyat olib borayotgan Cyber-Bro kompaniyasi vakili Qurbonov Malik tomonidan seminar-trening amalga o‘tkazildi.
Mazkur seminar-treningda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etib, kiberxavfsizlik sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalar olib borish, operatsion tizimlarni tarmoq hujumlaridan, jumladan, viruslardan himoyalash va ularga qarshi mexanizmlarni ishlab chiqishlar bo‘yicha ma’lumotlar hamda o‘zaro fikr va tajribalar almashindi.
Shuningdek, kelgusida kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha maxsus kurslar dasturlarini ishlab chiqishda universitet va kompaniyaning o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolash belgilab olindi.