TATUda "GLOBALIZASIYA SHAROITIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA CHET TILLARIni INTEGRATSIYASI" Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi

  • Asosiy
  • TATUda "GLOBALIZASIYA SHAROITIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA CHET TILLARIni INTEGRATSIYASI" Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi

26-27 fevral kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "GLOBALIZASIYA SHAROITIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA CHET TILLARIni INTEGRATSIYASI" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.

Konferensiya O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlanishining beshta ustuvor yo'nalishlarida "Xarakat strategiyasi"ni amalga oshirishga ko'maklashish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "AKT sohasida Iqtisodiyot va menejment"  fakulteti "Chet tillar" kafedrasi tomonidan tashkil etildi.

Anjumanning yalpi va sektsion sessiyalari xorijiy tillarni o'qitishning innovatsion usullari, xorijiy tillarni o’rganishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llashni, chet tillarini takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan dasturiy ta'minotni ishlab chiqishni va zamonaviy pedagogikada axborot texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan original tadqiqotlar natijalarini ko'rib chiqdi .Shu bilan birga, konferentsiyada kredit ta'lim tizimi asosida xorijiy tillarni o'qitishning rivojlanish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Konferentsiya axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda chet tillarni o'qitishning nazariy asoslarini ta'minlovchi analitik materiallar va ilmiy ishlarni ko'rib chiqish va muhokama qilishdan iborat bo'ldi.

Konferentsiya mavzulari "Xorijiy tillarni o'qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ning roli", "Kredit ta'lim tizimida chet tillarini o'qitish masalalari", "Chet tillarni o'qitishning innovatsion metodlari", "Xorijiy tilni harbiy ta'limga integratsiylash".

Anjumanda ishtirok etish uchun 200 dan ortiq ariza topshirildi. Konferentsiya mavzusi bo'yicha Respublikaning yetakchi ekspertlari, professor-o'qituvchilari bilan bir qatorda ko'plab yosh tadqiqotchilar va o'qituvchilarni ishtirok etishdi.

TATU matbuot xizmati