
Joriy yilning 14-fevral sanasida O‘zbekistonda ilk bor, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Oliy muhandislik maktabi tarkibidagi laboratoriyalarda faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar va talabalarimiz tomonidan tayyorlangan “CanSat” mikro sun’iy yo‘ldosh modelini sinovdan o‘tkazish uchun Yangi Hayot uchish zonasida uchirish jarayoni bo‘lib o‘tdi.
👩🚀 “O‘zbekkosmos” Agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan ushbu musobaqada universitetimizning "TUITSpaceCraft" jamoasi tomonidan yaratilgan ishlanma birinchi marta 1000 metr balandlikka ko‘tarilib, real vaqt rejimida turli xil parametrlar (atmosfera bosimi, havoning harorati, namlik, tezlanish, GPS koordinatalari) va hudud tasvirlarini har 5 soniyada ma’lumotlarni qayta ishlash maxsus tizimiga uzatish vazifasini to‘liq bajarib, UzCanSat loyihasining Respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
🔘Keyinchalik mazkur ishlanmadan olingan ma’lumotlarni raqamli ishlash yordamida qishloq xo‘jaligi, atrof-muhitni kuzatish va muhofaza qilish kabi sohalarga tadbiq qilish orqali tadqiqotchilar o‘z ishlanmalarini amaliyotda sinashlari mumkin bo‘ladi.
✅ Tadqiqotchilarimiz va talabalarimizning Oliy muhandislik maktabidagi faoliyatlarida hamda UzCanSat loyihasining respublika bosqichida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
✈️@tuituz_official