
Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha 2025/2026-o‘quv yili uchun test sinovlari boshlandi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga OTMlarga kirish imtihonlari jarayonlarida ota-onalar uchun maxsus kutish joylari tashkil qilish maqsadida UzEkspo markazi hududidan joy biriktirilgan.
✅Ayni kunga kelib ushbu manzil test sinovlari uchun to‘liq tayyor holga keltirilgan. Unga ko‘ra:
🟢Qariyb 800 nafar ota-onalar vakillari uchun kutish joylari tashkil qilingan;
🟢Havo sovutish moslamalari va suvli ventilyatorlar o‘rnatilgan;
🟢Test o‘tkaziladigan kunlari ota-onalar bilan suhbatlashish va ularni qiziqtirgan savollarga javob berish uchun ko‘ngillilar guruhi shakllantirilgan;
🟢Test sinovlari toʻliq videokuzatuv orqali translyatsiya qilinmoqda hamda jarayonni test2024.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.
🗓 Test sinovlari har kuni ikki smenada o‘tkaziladi:
1-smena: 08:00 – 11:00
2-smena: 15:00 – 18:00
⏳Abituriyentlardan test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin test sinovi o‘tkaziladigan hududga quyidagi hujjatlar bilan kelish so‘raladi:
✔️ Pasport (ID-karta)ning asli
✔️ Abituriyent ruxsatnomasi
❗️Eslatma. Abituriyent:
✔️1-smena uchun soat 07:30 ga qadar;
✔️2-smena uchun soat 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tib, joy egallab bo‘lishi shart.
⚠️ Pasport nusxasi, boshqa hujjatlar bilan kelgan yoki belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi.
▶️ Test sinovlari videokuzatuv ostida test2025.uz sayti orqali real vaqt rejimida onlayn translyatsiya qilinmoqda.