
“ICTWEEK UZBEKISTAN – 2025” AKT haftaligi ochilish marosimi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov xorijiy delegatsiyasi va kompaniya yetakchilari va faхriy mehmonlar bilan birgalikda “CAEx” (Central Asian Expo Uzbekistan) majmuasida tashkil etilgan “ICT EXPO” ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
“ICT Expo” ko‘rgazmasi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida milliy va xalqaro ishlanmalar va yutuqlarni namoyish etishga qaratilgan xalqaro ko‘rgazma hisoblanadi.
Tadbirning maqsadlari:
⏺Raqamli iqtisodiyotni chuqurlashtirish va eksport salohiyatini kuchaytirish;
⏺Xalqaro investitsiyalarni jalb etish, startap ekotizimini rivojlantirish va outsourcing xizmatlari sohasini kengaytirish;
⏺Sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, yangi texnologiyalar va axborot xavfsizligi kabi strategik yo‘nalishlarda nazariy va amaliy yechimlar ishlab chiqish.
🏛Ushbu haftalik doirasidagi ko‘p funksiyali ko‘rgazmada TATU jamoasi ham o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.
💻Tadbir doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va “BRB-TECH” MCHJ o‘rtasida kadrlar salohiyatini oshirish, talabalar uchun kompaniyada amaliyot/stajirovka o‘tash imkoniyatlarini yaratish, ularning malakasini oshirish va sohaga oid dolzarb masalalarni yechish hamda ularni ishga jalb qilish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan memorandum imzolandi.
🗒 Mazkur memorandumdan maqsad - Universitetimiz talabalarining mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, nazariya va amaliyotni uzviy bog‘lagan holda korxona va tashkilotlar talablaridan kelib chiqib, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatiga qiziqishlarini kuchaytirish hisoblanadi.