💬 Uchrashuv boshida vazir tomonidan IT sohasida yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, bugungi kunda iqtisodiyotning barcha jabhalarida IT yo‘nalishidagi kadrlarga bo‘lgan extiyoj yuqori ekanligi ta’kidlanib, 2030 yilgacha IT eksporti orqali 5 mlrd AQSH dollari investitsiya kiritish rejalashtirilganini buning uchun 300 ming nafar malakali kadrlar kerakligi aytib o‘tildi. Buning uchun zarur bo‘ladigan kadrlar chet tilini mukammal bilishi va kamida B2 darajasiga ega bo‘lishi lozimligi, turli dasturlash yo‘nalishlarida xalqaro IT sertifikatga ega bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Chet tili va IT sertifikatlarga ega bo‘lish uchun davlatimiz tomonidan ko‘plab imkoniyatlar yaratilganligi va bu yo‘nalishga imtiyozlar hamda e’tiborning juda yuqori ekanligi ko‘rsatib o‘tildi. Talabalarimiz ushbu suhbatdan katta motivatsiya olishdi.
🗒 Tashrif davomida filialda talabalar tahsil olish jarayonlari, inkubatsion markazlar, talabalarning dasturiy mahsulotlari va ishlanmalari bilan tanishdilar.