Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti Menejment va marketing kafedrasida bitiruv ishlari himoyasi bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Menejment va marketing kafedrasida faoliyat olib borayotgan Davlat attestatsiya komissiyasi 5232800 – Elektron tijorat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalarining bitiruv ishlarini eshitdi.
📄Himoya davomida bitiruvchi talabalarning bitiruv ishlari asosida yaratilgan elektron savdo platformalari, olib borgan tahlil va natijalarga alohida e’tibor berildi va attestatsiya komissiyasi a’zolari bir-biridan qiziqarli hamda foydali elektron savdo platformalari yaratilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
🥳Barcha 5232800– Elektron tijorat ta’lim yo‘nalishi “ilk qaldirg‘ochlari” belgilangan tartibda bitiruv ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Himoya qilgan bitiruvchi talabalarimizning kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.