“Bir million oʻzbek dasturchisi” loyihasining navbatdagi mavsumiga start berildi

  • Asosiy
  • “Bir million oʻzbek dasturchisi” loyihasining navbatdagi mavsumiga start berildi

“Bir million o‘zbek dasturchilari” — O‘zbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash loyihasi bo‘lib, loyihada yoshlarni zamonaviy kasblarga bepul onlayn kurslar tashkil etilgan holda o‘qitish maqsad qilingan.

❗️2024-yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi ushbu tashabbusning dolzarbligini yanada oshirdi. Hozirda onlayn kurslar Bir million dasturchilar uzbekcoders.uz platformasi orqali yo‘lga qo‘yilmoqda.

💻 Bugun, 29-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Bir million oʻzbek dasturchisi” (https://uzbekcoders.uz/) loyihasining navbatdagi ikkinchi mavsumiga start berildi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, so‘ngi yillarda raqamli ta’lim sohasida, xususan, onlayn ta’lim va xalqaro sertifikatlar olish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

🔍 “Bir million oʻzbek dasturchilari” (https://uzbekcoders.uz/) loyihasi 2025-2026-yillar rejasida xalqaro IT sertifikatlarni olganlar sonini 2,5 mln nafarga, professional xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini esa 30 ming nafarga yetkazish belgilangan.

⭐️ Qolaversa, loyiha doirasida yuqori natija ko‘rsatgan eng yaxshi 2 ta maktabga Prezident sovg‘asi sifatida elektromobillar berilishi ham rejalashtirilgan.

❇️ Shu bilan birga, loyiha doirasida 14 ta hududda eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga 700 ta noutbuk, Top-10 nafar o‘qituvchilar chet-elga sayohat, loyiha doirasida eng yuqori natija ko‘rsatgan 100 ta o‘qituvchiga 10 mln so‘mdan pul mukofoti va Top-3 oliy ta’lim muassasalariga pul mukofotlari beriladi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/28934/