Talabalar uchun yangi tanlov - “Big Idea Challenge”!

  • Asosiy
  • Talabalar uchun yangi tanlov - “Big Idea Challenge”!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Britaniya Kengashi va London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda “Big Idea Challenge” tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovning maqsadi talabalarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash va ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish. Tanlovda OTM talabalari ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan oʻzlarining ilgʻor loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning birinchi bosqichidan tanlab olingan loyiha mualliflari ikkinchi bosqichida London Metropoliten universiteti ekspertlari bilan hamkorlikda joriy yilning 20-21 fevral kunlari oʻtkaziladigan treningda ishtirok etadi.

Onlayn ariza topshirishning oxirgi muddati: 2019-yil 1-fevral.  

Arizalar ushbu havola orqali onlayn qabul qilinadi.


O'QING: TATU TALABASI "YOSH IXTIROCHILAR KUNI"GA BAG'ISHLANGAN TANLOVDA G'OLIB BO'LDI!