26 sentyabr kuni soat 10.00 da katta majlislar zalida Big Data mavzusida taqdimot oʻtkaziladi. Taqdimotda Shanxay universiteti professori Kushnazarov Farrux Isakulovich ishtirok etadi.
Darhaqiqat, bugungi kunda maʼlumotlar hajmi daqaqa sayn oʻsishda davom yetmoqda, shunga qaramasdan, butun dunyo boʻylab ishlatilayotgan Big Data, shu maʼlumotlaring bir kichik ulushi hisoblanadi. IDC prognozlariga koʻra, 2020 yilga borib maʼlumotlar xajmi 40 Zettabaytga yetishi mumkin. 2010 yil boshidan hozirga qadar maʼlumotlar xajmi 50-55 martadan oshib ketdi. Tadqiqotlarga koʻra, xozirgi kunda 2,8 Zettabayt maʼlumot bor va qayta ishlanmoqda.
40 Zettabayt maʼlumotlar bu qancha?, degan savol tugʻilishi tabiiy. Agar yerning barcha qumlarini yigʻsak 700 500 000 000 000 000 000 (yoki yetti yuz kvintillion besh kvadrillion) boʻladi. 40 Zettabayt - dunyoning barcha qumlari sonidan 57 marta katta.
40 Zettabayt maʼlumotlarni Blue-Ray (50 Gb hamjli) yozsak, barcha disklaring ogʻirligi (qobigʻisiz) oʻrtacha samalyot ogʻirligidan 424 marta koʻp boʻladi. Maʼlumotlar hajmining oshishi aniq fakt, lekin bu maʼlumotlarni qanday qilib qayta ishlash kerak, qaysi algoritmlardan foydalanish kerak, degan savollar koʻpchilik olimlar va kompaniyalar markazida boʻlmoqda.
F.I.Kushnazarovning Big Data maʼruzasida, shu savollarga qisqa javob olish uchun fundamental maʼlumotlar beriladi.
Barcha ushbu mavzuga qiziqqanlarni 26 sentyabr kuni soat 10.00 da katta majlislar zalida kutib qolamiz.