Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universitetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar

  • Asosiy
  • Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universitetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar

Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti talabalar turar joyi 969 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, 2 va 3 nafar talaba uchun ikkita xona, shuningdek, yuvinish xonasi hamda oshxona mavjud.


Bundan tashqari, talabalar turar joyida o‘z-o‘zini rivojlantirishlari uchun o‘quv xonalari, laboratoriyalar, talabalar sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun tennis xonalari, ochiq maydonlarda joylashgan sport maydonchalari mavjud.


Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, ayni vaqtda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti (TATU-BDIRU ATQF) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga xujjatlari qabul qilish davom etmoqda. Qabul qilingan talabalar ushbu sharoitlarda ta’lim olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Qabul haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.