“BEST IP-2018” tanlovida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injinering fakulteti kompyuter tizimlari kafedrasining professor-o‘qituvchilari: M.M.Musayev, U.A.Berdanov va M.F.Raximovlar tomonidan yaratilgan dasturiy ishlanma eng yaxshi intellektual mulk obyekti uchun tavlovining «Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va malumotlar bazasi» nominatsiyasi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni hamda Axborot xavfsizligi fakulteti 4-bosqich talabasi Farrux Boltayev "Yoshlar o‘rtasida eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi" nominatsiyasi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni egallashdi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodiyotni rag'batlantirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko‘maklashish, ixtirochilikni faollashtirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublikada eng yaxshi intellektual mulk obyektlarini aniqlash va rag‘batlantirish uchun «BEST IP-2018» tanlovini e’lon qilgan edi. Bu yilgi tanlovda boshqa yillardan farqli ravishda 6 ta nominatsiya «Eng yaxshi ixtiro», «Eng yaxshi foydali model», «Eng yaxshi sanoat namunasi», «Eng yaxshi seleksiya yutug‘i», «Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi» hamda «Yoshlar o‘rtasida eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi» nominaniyalari bo‘yicha talabnomalar qabul qilingan. Tanlovda qatnashish uchun Agentlikka barcha nominatsiyalar bo‘yicha jami 188 ta talabnoma kelib tushgan, jumladan, ixtirolarga 40 ta, foydali modellarga 22 ta, sanoat namunalariga 27 ta va seleksiya yutuqlariga 7 ta. Tanlovning Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi bo‘yicha 92 ta hamda Yoshlar o‘rtasida eng yaxshi EHM uchun dasturi muallifi nominatsiyalari bo'yicha 17 ta talabnomalar kelib tushgan (bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining axborot xizmati xabar bergan).