Belarus Respublikasining Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti professor-o‘qituvchilari N.Lapitskaya va S.Kruglov TATU-BDIRU AT qo‘shma fakultetida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdilar
Uchrashuv davomida talabalarning ikkinchi bosqichni yakunlab o‘qishni Minsk shahrida davom ettirishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘qish davomida e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan muhim jihatlar va Belarus Respublikasining xorijiy fuqarolarni qabul qilishi bo‘yicha tavsiyalar va ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv savol javoblarga boy, qizg‘in tarzda o‘tdi. Unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.