Ayni vaqtlarda Tailandning Bangkok shahrida “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Global barqaror rivojlanish kongressi (“The Global Sustainable Development Congress”) bo’lib o’tmoqda.

  • Asosiy
  • Ayni vaqtlarda Tailandning Bangkok shahrida “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Global barqaror rivojlanish kongressi (“The Global Sustainable Development Congress”) bo’lib o’tmoqda.

🗒 Mazkur xalqaro kongressda yetakchi kompaniyalar, xalqaro ekspertlar ishtirokida - barqarorlik uchun xalqaro hamkorlik: Tailand oliy ta’lim tajribasi, 2030 yildan keyin barqaror kelajakni ta’minlashda ilm-fan, sanoat va innovatsiyalar, barqaror rivojlanishda  hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va muammolar kabi mavzularda seminarlar tashkil etildi.

Shuningdek, ko‘rgazmalar (https://www.timeshighered-events.com/gsd-congress-2024) zalining O‘zbekiston pavilionida Muhammad al-Xoramiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqa yetakchi OTMlar o‘z stendlari bilan ishtirok etmoqdalar.

👥 Shu bilan bir qatorda, TATU rahbariyati va tashkiliy qo‘mita a’zolari (“Times Higher Education” xalqaro reyting tashkilotining Buyuk Britaniya va Yevropa bo‘yicha tijorat direktori) Lachin Italmazova, UNESCOning Bangkokdagi ofisi Ta’lim sifat nazorati bo‘limi boshlig‘i - Faryal Khan hamda  Education Worldwide India kompaniyasi menejeri - Siddharth Jain bilan bir qancha uchrashuvlar tashkil etilib, universitetning xalqaro reytingga kirishi yuzasidan olib boriladigan ishlar, xalqaro grant loyihalar, xorijiy talabalarni universitetga jalb etish masalalari muhokama qilindi.