🗒 Unda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Administratsiyalari, ta’lim vazirliklari, IT, madaniyat va madaniy meros, yoshlar tashkilotlari, 70 dan ziyod oliy va professional ta’lim muassasalaridan jami 150 nafarga yaqin ishtirokchi, jumladan, TATU rektori B.Maxkamov ishtirok etmoqda.
Dasturga muvofiq dastlab forum yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xorijiy mamlakatlar bilan hududlararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Igor Maslov, Rossiya ilm-fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilyovskiy so‘zga chiqib, ikki tomonlama ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar ahamiyati, ularning natijasi hamda istiqbolli rejalar haqida nutq so‘zladilar.