🏛Bugun, 19-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ketmonov Xatamjon Abduraxmonovich, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, komissiya raisi Ro‘zmetov Rahmatjon Ibodullayevich boshchiligida 21 nafar a’zolaridan iborat komissiya tashrif buyurdi
✅Ushbu tashrifdan maqsad “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 470-son qaroriga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashqi baholashdan o‘tkazilmoqda.
✅Attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha o‘rganishlar joriy yilning 19-28-may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
✅Bugun dastlab universitet katta majlislar zalida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ketmonov Xatamjon Abduraxmonovich raisligida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘rganish guruhi a’zolari, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari ishtirok etdilar.