Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi ishtirokida atoqli o‘zbek yozuvchisi, dramaturgi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunova" hayoti va ijodiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi ishtirokida atoqli o‘zbek yozuvchisi, dramaturgi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunova" hayoti va ijodiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi ishtirokida atoqli o‘zbek yozuvchisi, dramaturgi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunova" hayoti va ijodiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ustozlar tomonidan adiblarning mashaqqatli lekin sharafli hayot yoʻlini, o‘zbek milliy adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissalarini, millatimiz ravnaqi yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlarini yoshlarga tanishtirib ularga ibrat sifatida targʻib qilindi.

Mazkur tadbir doirasida talabalar adib va adibalarning hayoti va ijodi haqida professor-o‘qituvchilar ma’ruzalari orqali to‘liq ma’lumotlar olishdi.

Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etish bilan bir qatorda, o‘zgacha qiyofada qad rostlagan Milliy bog‘ bo‘ylab sayr qilish, o‘zlari uchun ma’naviy hordiq chiqarish imkoniga ham ega bo‘ldilar.