Aqlli jamiyat sari: Sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli transformatsiya yo‘lida hamkorlik!

  • Asosiy
  • Aqlli jamiyat sari: Sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli transformatsiya yo‘lida hamkorlik!

O‘zbekiston–Yaponiya universitetlari rektorlari V forumi doirasida “Aqlli jamiyat uchun akademik innovatsiya: Sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli transformatsiya sohalarida qo‘shma sa’y-harakatlar” mavzusidagi 3-sessiya bo‘lib o‘tdi.

🏛Mazkur sessiya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, prof. Baxtiyor Maxkamov hamda Gifu universiteti vitse-prezidenti, prof. Lim Li Va moderatorligida olib borildi.

🗣Sessiyada O‘zbekiston va Yaponiyaning 14 ta yetakchi universiteti vakillari ishtirok etishdi.
Ular sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli transformatsiya sohalarida amalga oshirilayotgan innovatsion tashabbuslar haqida fikr almashib, aqlli jamiyat qurishda ilmiy hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladilar.

💬Muhokamalar davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, xususan ta’lim va ilmiy almashinuv dasturlarini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Ishtirokchilar kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar hamda yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.