22 may kuni TATU Gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu anjumanning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2834-son qarori bilan belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash, Muhammad al-Xorazmiyning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini yosh olimlar, magistrlar hamda talaba-yoshlarga yetkazish, uning boy ilmiy, ma’naviy, ma’rifiy merosini keng targ‘ib etish orqali yoshlarda buyuk avlodlarimiz bilan g‘ururlanish hissini shakllantirish va rivojlantirish, zamonaviy fanlar rivojiga qo‘shgan ulkan xissasini ochib berishdan iborat edi.
Konferensiya davomida Axborot texnologiyalari rivojlanishida Muxammad al-Xorazmiyning tabiiy-ilmiy merosi hamda Muhammad al-Xorazmiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muhokama qilindi.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tashkil etilib, yalpi majlisda t.f.d., birinchi darajali Davlat mukofoti sovrindori A.Ahmedov, f.f.n., dotsent, Respublika Ma’navit va ma’rifat markazi raxbar o‘rinbosari Sh.T.To‘rayev, t.f.d., O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti yetakchi ilmiy xodimi N.A.Mustafayeva, t.f.n., O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti katta ilmiy xodimi Sh.M.Raxmatullayev lar ma’ruza qildilar.