Alisher Navoiy – mutafakkir, davlat arbobi, shoirlarning sultoni

  • Asosiy
  • Alisher Navoiy – mutafakkir, davlat arbobi, shoirlarning sultoni

Yurtimizning barcha hududlarida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi keng nishonlanmoqda. 8-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida shu munosabat bilan “Alisher Navoiy – mutafakkir, davlat arbobi, shoirlarning sultoni” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Oʻzbek tili va adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi F.Bafoyev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi A.Tilavov ishtirok etib, ulugʻ bobomiz Alisher Navoiyning bubk meʼrosi yurtimiz, balki bashariyat mulkiga daxldorligi bilan, uning ijodida tinchlik, vatanparvarlik, mehr, sadoqat, komil inson gʻoyasi ustuvor oʻrin egallashi alohida taʼkidlandi. Shu bois necha asrlar oʻtsa hamki, Navoiy ijodi hamon sevib mutolaa etilib, jahonning turli tillariga tarjima qilinmoqda.


Tadbirda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlab yaratilgan sahna asarlaridan parchalar, gʻazallar talabalar tomonidan ijro etildi. Navoiy gʻazallari asosida qoʻshiqlar yangradi.

TATU matbuot xizmati