Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilar hamda barcha tyutorlar, talaba-yoshlar va universitet qoshidagi akademik litseyi oʻqituvchilari ZOOM dasturi orqali ishtirok etishdi.
Buyuk yozuvchi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunovalarning hayoti va ijodini oʻrganish, adiblarning mashaqqatli lekin sharafli hayot yoʻlini, o‘zbek milliy adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissalari, ona tilimizning ravnaqi yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlarini yoshlarga tanishtirish va ibrat sifatida targʻib qilish maqsadida navbatdagi madaniy-maʼnaviy tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi beqiyosdir. Buyuk ijodkor tomonidan yaratilgan o‘lmas asarlar, badiiy tasvirlar nafaqat milliy adabiyotimizning, balki milliy tilimizning ham ravnaqiga katta hissa qo‘shgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tadbir so‘ngida talaba yoshlar O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunova haqidagi “Cho‘lpon. Qush esdaligi” hujjatli filmni tomosha qilishdi.