Sizni Alayev Ruhillo Habibovichning 05.01.05 – “Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Axborotning kriptografik muhofazasi uchun model, algoritm va dasturlar” mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasiga taklif etamiz.
Ilmiy rahbar: fizika-matematika fanlari doktori, professor, Aripov Mersaid Mirsiddikovich
Dissertatsiya himoyasi 2022-yil 27-avgust kuni E bino 101-xonada bo’lib o’tadi. Boshlanish vaqti - 12:00.