Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Janubiy Koreyaning nufuzli Kookmin universiteti va yetakchi xolding kompaniyalardan biri — KT&G Global TAS o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Janubiy Koreyaning nufuzli Kookmin universiteti va yetakchi xolding kompaniyalardan biri — KT&G Global TAS o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ushbu uch tomonlama hamkorlik:
 
Talabalar, ilmiy xodimlar va o‘qituvchilar almashinuvi, jumladan, amaliyot dasturlarini tashkil etish;
 
O‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda trening va malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish;
 
Barqaror taraqqiyot maqsadlari (SDGs) doirasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot va sanoat-akademik loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
 
Ma’lumot uchun: KT&G kompaniyasi 50 dan ortiq mamlakatga mahsulotlarini eksport qiluvchi Janubiy Koreyaning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu shartnoma TATU talabalari uchun haq to‘lanuvchi stajirovkaga qabul qilinishlariga yo‘l ochib berdi.