
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Milliy gvardiya, hamda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Aloqa harbiy instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbir davomida:
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylariga hurmat bajo keltirildi;
Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmat qilayotgan harbiy va fuqarolik mutaxassislarining xizmatlari e’tirof etildi;
Talaba-yoshlar orasida Vatanga sadoqat, tinchlikni asrash va texnologik taraqqiyotga hissa qo‘shish haqida nutqlar tinglandi.
Bunday tadbirlar yoshlarda tarixiy xotira, vatanparvarlik va zamonaviy bilimlarga intilishni mustahkamlashga xizmat qiladi.