“5 million sun’iy intellekt yetakchilari” talabalar forumi OAV nigohida

  • Asosiy
  • “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” talabalar forumi OAV nigohida

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 2025-yil 28-noyabr kuni sun’iy intellekt bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro forum doirasida yoshlar uchun yangi imkoniyat sifatida “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berilgan edi.
Mazkur tashabbus mamlakatimiz tarixida sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan eng yirik va kompleks inson kapitalini rivojlantirish dasturlaridan biri hisoblanadi. Loyihaning asosiy maqsadi — davlatimizning uzoq muddatli raqamli strategiyasini ro‘yobga chiqarish, O‘zbekistonni mintaqada IT sohasi bo‘yicha yetakchiga aylantirish, inson kapitaliga sarmoyani kuchaytirish hamda global texnologik raqobatda munosib o‘rin egallashdir.

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida mazkur loyiha doirasida yirik talabalar forumi tashkil etildi.

Forum Yangi O‘zbekistonning raqamli taraqqiyot strategiyasini amalda qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning sun’iy intellekt bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion fikrlashni rag‘batlantirish hamda kelajak texnologiyalari yetakchilarini tayyorlash yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi.

👥 Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri, soha korxonalari rahbarlari, hamkor tashkilotlar, xorijiy mehmonlar, mahalliy va xalqaro sun’iy intellekt mutaxassislari, yetuk professor-o‘qituvchilar hamda 1000 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, forum jarayonini yurtimizning turli hududlaridan qariyb 10 ming nafar yoshlar va mutaxassislar onlayn tarzda kuzatib bordilar.

🗒 Forum doirasida:
• sun’iy intellekt yo‘nalishidagi innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi;
• loyiha doirasida milliy tanlov e’lon qilinishi;
• “Sun’iy intellekt alyansi”ga a’zo bo‘lish marosimi;
• faol va iqtidorli talabalarni taqdirlash tadbirlari tashkil etildi.

📺Mazkur forum haqida:

📺 “Oʻzbekiston 24” telekanali, Fakt 24 informatsion dasturi,

📺 “Yoshlar” telekanali, Yangi davr informatsion dasturi,

✔️ “Sevimli” telekanali, Zamon informatsion-tahliliy dasturi,

📺 “MY5” telekanali, Hudud informatsion dasturi

orqali maxsus reportajlar tayyorlanib efirga uzatildi.