
Tadbirda 2025-yil 14-fevraldagi Davlatimiz Rahbarining “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-61-son qarorida belgilangan vazifalar hamda bitiruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi. Shu bilan birga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-maydagi 203-sonli buyrug‘ida nazarda tutilgan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlar paketi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Tadbir davomida bitiruvchi va quyi bosqich talabalar o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar tashkil etilishi va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish imkoniyatlari yuzasidan ham ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, talabalar uchun amaliyot va stajirovka o‘tash imkoniyatlari hamda “O‘zmilliybank” AJda faoliyat yuritishning afzalliklari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar "O‘zmilliybank" AJ tomonidan estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting!