
18-iyun kuni nufuzli xalqaro reyting agentligi Times Higher Education (THE) tomonidan “Impact Rankings 2025” natijalari e’lon qilindi. Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari mintaqada eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida mutlaq yetakchiga aylandi.
Agentlik universitetlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) qoʻshgan hissasini tahlil qildi. Unda O‘zbekistonning 59 ta oliy ta’lim muassasasi qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich mintaqadagi eng yuqori natija hisoblanadi.
Quvonarlisi, O‘zbekistonning 12 ta oliy ta’lim muassasasi jahonning Top-1000 talik universitetlari ro‘yxatidan munosib o‘rin oldi. Ular orasidan 3 ta universitet reytingning eng yuqori — 201–300 o‘rinlar bandida qayd etildi:
🏛 Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti - 201–300
🏛 O‘zbekiston Milliy universiteti - 201–300
🏛 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti - 201–300
🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti - 301–400
🏛 Samarqand davlat universiteti - 401–600
🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti - 401–600
🏛 Buxoro davlat universiteti - 601–800
🏛 Samarqand davlat tibbiyot universiteti - 601-800
🏛 Navoiy davlat universiteti - 801-1000
🏛 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 801-1000
🏛 Toshkent davlat texnika universiteti - 801-1000
🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - 801-1000
Maʼlumot o‘rnida, 2021-yilda eʼlon qilingan “THE Impact Rankings” reytingidan yurtimizning 12 ta , 2022-yilda 30 ta, 2023-yilda 47 ta , 2024-yilda esa 53 ta oliy taʼlim muassasasi oʻrin egallagan edi.