
Universitet jamoasi 2 ta innovatsion mikrosputnik modeli bilan qatnashib, final bosqichida belgilangan barcha shartlarni bajardi. Mikrosputniklar real raketalar yordamida uchirilib, 6 xil parametr bo‘yicha ma’lumot uzatgan holda parashut yordamida qayta yerga qo‘ndirildi.
Bunday turdagi musobaqalar va real loyihalar yoshlar uchun nafaqat texnologik yutuqlarini namoyish qilish, balki kelajakdagi muhandislik va kosmik loyihalar uchun mustahkam asos yaratish imkoni beradi.
🎉 TATU jamoasiga Xalqaro musobaqada ham munosib qatnashib, g‘olib bo‘lishlariga ishonch bildiramiz.