Universitet “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Bektemir tumanida faol tashabbuslarni ilgari surmoqda.

  • Asosiy
  • Universitet “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Bektemir tumanida faol tashabbuslarni ilgari surmoqda.

Universitetning Bektemir tumanidagi maktab va texnikumlarda Prezident tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini tashkil qilish bo‘yicha ishchi guruhi tumandagi 289-358- maktablar hamda Respublika televideniye va radio texnikumida amalga oshirilayotgan ishlar va tezkor tadbirlar rejasi bo‘yicha muhokama tashkil qildi.

Unga muvofiq:
✅ tumandagi maktablarning STEM fanlari yo‘nalishi, AyTi va xorijiy til o‘qituvchilari uchun Coursera platformasi orqali malaka oshirish kurslarini tashkil qilish;
✅358-maktab bazasida tumanning barcha o‘quvchilari uchun robotatexnika kursini tashkil etish;
✅tumandagi barcha maktablarda qisqa muddatli AyTi kurslarni tashkil qilish;
✅barcha maktab bitiruvchilari uchun Universitetda Ochiq eshiklar kunini tashkil qilish va AyTi ta’lim bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar bilan ularni tanishtirish bo‘yicha uslubiy va tashkiliy masalalar kelishib olindi.

Shuningdek:
✅ Respublika televideniye va radio texnikumining axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi va unga metodik ko‘mak berish masalalari ko‘rib chiqildi;
✅ Mazkur texnikumning o‘qituvchilari uchun yoz oylarida Universitetning mos kafedralarida qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil qilish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Bektemir tumanidagi maktab va texnikumlarda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, bu borada o‘qituvchi va o‘quvchilarga yanada keng imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha masalalar ham kelishib olindi.