2026-yil, 15-iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahrida Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) dasturi doirasida Muahmmad al-Xorazmiy nomidagi TATU

  • Asosiy
  • 2026-yil, 15-iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahrida Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) dasturi doirasida Muahmmad al-Xorazmiy nomidagi TATU

 

2026-yil, 15-iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahrida Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) dasturi doirasida Muahmmad al-Xorazmiy nomidagi TATU grantholderligida (Grant oluvchi) amalga oshirilayotgan “Cyber4CADevelopment of Innovative Graduate Educational Program in Cybersecurity for the Digital Labour Market of Central Asia” xalqaro loyihasi doirasida “Teaching Staff Training” haftaligi boshlandi.


🗓 Mazkur trening Madrid Politexnika Universiteti (Universidad Politécnica de Madrid, UPM) huzuridagi UPM Higher Technical School of Engineering (ETSIT) bazasida 19-iyunga qadar davom etadi.


🌍 Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Yevropa Ittifoqi hamkor davlatlari - Ispaniya, Italiya, Belgiya va Ruminiya universitetlari hamda tashkilotlari vakillari, shuningdek, TATUning Cyber4CA loyihasi koordinatori X. Xujamatov, “MUT va T” kafedrasi dotsenti D.Hasanov, “Kiberxavfsizlik va kriminalistika” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Safoev hamda doktorant M.Sadikovlar ishtirok etmoqda.


💻Trening davomida Markaziy Osiyo va Yevropa hamkor universitetlaridan ishtirok etayotgan vakillar kiberxavfsizlik ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish, magistratura kurslari mazmunini takomillashtirish, amaliy mashg‘ulotlar va innovatsion o‘qitish metodikalarini joriy etish hamda CyberLab laboratoriyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashadilar.

📈Trening yakunlari kiberxavfsizlik bo‘yicha yangi va modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari, amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari, ta’lim metodikalarini takomillashtirish hamda kiberxavfsizlik sohasida yetuk kadrlarni tayyorlashga qaratilgan kelgusi loyiha faoliyatlari uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.