2024-yil 5-oktyabr kuni Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2(744)-son majlisi bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • 2024-yil 5-oktyabr kuni Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2(744)-son majlisi bo'lib o'tdi.

Unda universitetning 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va boshqa turli masalalar ko‘rib chiqilib, yig‘ilish yakunida quyidagi xodimlar bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi:

➖ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor Doniyor Sultanbaуevich Yaxshibayev;
➖ O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy birlashmasi raisi T.Muradov tomonidan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan TTF dekani, professor Elmira Shodmonovna Nazirova va dekan o‘rinbosari Muminov Sanjar Saidkulovich;
➖ 1- oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan diniy-ma’rifiy soha faoliyatini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun TATU professori – Tulenova Gulmira Jandarovna;
➖Toshkent viloyatida energiya energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tejash, qo‘shimcha quvvatlarni aniqlash, ilmiy yondoshuvlar asosida samaradorlikka erishishda qo‘shgan hissasi uchun Toshkent axborot texnologiyalari, “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi assistenti Nizomov Norxo‘ja Bahodirovichlar taqdirlandilar.

🎁 Аnʼanaga koʼra kengash avvalida professor-oʼqituvchilar va xodimlarni OАKdan ilmiy daraja diplomlari hamda ilmiy unvonlar topshirildi, jumladan:

➖Muxitdinova Muniraxon Ravshanovna - Chet tillar kafedrasi  dotsenti v.b. -  “dotsent” ilmiy unvoni;
➖ Nazarova Gulchehra Nurmaxambetovna - Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi dotsenti - “dotsent” ilmiy unvoni;
➖ Raxmatov Furqat Abdirazzoqovich - Hududiy o‘quv muassasalari bosh-qarmasi boshlig‘i - “dotsent” ilmiy unvoni;
➖ Shaxobiddinov Alisher Shopatxitdinovich - Qabul va talabalar registrator boshqarmasi  boshlig‘i - “dotsent” ilmiy unvoni;
➖ Ganiyev Abror Sattarovich - Fizika  kafedrasi dotsenti  - 01.04.10 – Yarim o‘tkazgichlar fizikasi – “dotsent” ilmiy unvoni bilan taqdirlandilar.