✅ BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Taraqqiyot maqsadlari yo‘lida fan, texnika va innovatsiyalar to‘g‘risidagi rezolyutsiyada 11-fevral – Ilm-fanda xotin-qizlar ishtiroki xalqaro kuni deb e’lon qilingan.

  • Asosiy
  • ✅ BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Taraqqiyot maqsadlari yo‘lida fan, texnika va innovatsiyalar to‘g‘risidagi rezolyutsiyada 11-fevral – Ilm-fanda xotin-qizlar ishtiroki xalqaro kuni deb e’lon qilingan.

📣 Shu kun munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “IT sohasi rivojida xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Forum davomida muhandis-dasturchi ayollarning ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, ularni ishlab chiqarish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga keng jalb etish masalalari ham muhokama qilindi. Shuningdek, universitetda faoliyat yuritayotgan olima ayollar o‘zlarinig ilmiy ishlari, startap loyihalari bilan tanishtirdilar.

👥 Forum davomida unitversitetda faoliyat olib borayotgan olima ayollarning turli ishlanmalari va kashfiyotlari yuzasidan ko‘rgazma ham tashkil qilindi.